Xitoydagi restoranda dahshatli yong‘in bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
29 aprel
4845Bugun, 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Xitoyning Lyaonin provinsiyasida joylashgan Lyaoyan shahridagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida ayni damgacha 22 kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan. Bu sonlar yana o‘sishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea joyiga tezkor guruh yuborgan. Lyaoyan shahri va Lyaonin provinsiyasi rahbariyati qutqaruv ishlari uchun kerakli kuchlarni jalb qilgan.
Xitoy Raisi Si Szinpin murojaat bilan chiqib, yaqinlashib kelayotgan 1 may bayrami arafasida bunday hodisalarga qarshi kurashish muhimligini ta’kidlagan. U yong‘in sabablarini imkon qadar tezroq aniqlashni talab qilib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Makedoniya shimoli-sharqidagi Kochani shahridagi “Puls” diskotekasi yonib ketishi oqibatida 50 kishi halok bo‘lgandi. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda muassasada 1,5 mingga yaqin odam bo‘lgan. Mahalliy “Vecher” nashri xabariga ko‘ra, konsert o‘tkazilgan tungi klub egasi qo‘lga olingan.
LiveBarchasi