Mirziyoyev Nyu-Yorkda Abdulla II bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Abdulla II ibn al-Husaynning joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Iordaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qayd etish joiz, Iordaniya Podshohi avgust oyida O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif yakunida Shavkat Mirziyoyev va Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Shuningdek, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Iordaniya podshohining davlat tashrifi doirasida u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirladi.  O‘zbekiston-Iordaniya sammiti yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev AQSH rahbari Donald Tramp, Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda Albaniya Prezidenti Bayram Begay bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi Abdulla II ibn al-Husayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing