Andijonda jinoiy guruh qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Aniqlanishicha, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishadi va ushbu maqsadda 1950 AQSH dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib beradi.

O‘z navbatida, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldiradi.

Qo‘rg‘ontepalik jinoiy guruh a’zolaridan biri esa narkotikni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar a’zosi ham protsessual tartibda ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 gr.ni tashkil qilgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi (talaba) qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Andijon Xonobod Qo'rg'ontepa gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing