Andijonda 26 yoshli erkak ikki kishini pichoqladi
3-sahifa
−
11:35 4419 1 daqiqa
Andijon viloyatida 26 yoshli erkak ikki kishini pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 16 dekabr kuni soat 01:30 larda Marhamat tumani “Qovunchi” MFY hududida sodir bo‘lgan. 26 yoshli X.Q. spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘ziga notanish bo‘lgan 30 yoshli S.M. va B.M. bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal oqibatida X.Q. o‘ziga tegishli Damas avtomashinasida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan S.M.ni o‘ldirish maqsadida o‘ng ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.
Shundan so‘ng, X.Q. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro B.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida xo‘jalik pichog‘i bilan qorin sohasiga ikki marotaba urgan vaqtida fuqarolar aralashib, uni ajratib olgani sababli o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat yuzasidan X.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25,97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u tegishli tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida eriga tan jarohati yetkazgan ayolga sud hukmi o‘qilgandi.
Live
Barchasi