O‘zbekiston Ummonga qarshi durang o‘ynadi
Sport
−
30 avgust 9251 1 daqiqa
Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi to‘p surdi va 1:1 hisobdagi durang natijani qayd etdi.
CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasidagi dastlabki o‘yin Toshkentdagi ”Olimpiya” stadionida o‘tkazildi. Ummonga qarshi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. 4-daqiqada raqib jamoadan Ar-Rahvoniy hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Hojimat Erkinov javob golini urdi.
Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘yinlarni 2 sentyabr kuni Turkmanistonga, 5 sentyabr kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.
Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar 8 sentyabr kuni finalda to‘qnash keladi.
Live
Barchasi