O‘zbekiston Eronni yutib, CAFA Nations Cup g‘olibi bo‘ldi (video)

Sport

image

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi CAFA Nations Cup-2025 turniri finalida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘yinning katta qismini 1 o‘yinchi ustunligida o‘tkazgan o‘zbekistonliklar qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hakam Eron futbolchisi Arya Yusufini Abbosbek Fayzullayevga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatdi. Shundan so‘ng o‘yin nazorati va ustunligi to‘liq o‘zbekistonliklar tashabbusiga o‘tdi. Bir necha hujumlar uyushtirilganiga qaramay birinchi bo‘limda gol bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limni ham O‘zbekiston MTJ futbolchilari ustunlik bilan boshladi, biroq taym o‘rtalarida eronliklar ham ketma-ket hujumlar uyushtirishga erishdi. 54-daqiqada darvozabon O‘tkir Yusupov jarohat sabab maydonni tark etdi, uning o‘rniga Vladimir Nazarov o‘yinni davom ettirdi. 89-daqiqada bosh hakam Hojiakbar Alijonovga qizil kartochka ko‘rsatdi, VAR tekshiruvidan so‘ng qaror sariq kartochkaga o‘zgartirildi. Uchrashuv asosiy vaqti shu tariqa yakunlandi. Bahs ekstra-taymlarda davom ettirildi. O‘yinning so‘ngiga 1 daqiqa qolganda – 119-daqiqada Hojiakbar Alijonov gol urib, O‘zbekiston g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa O‘zbekiston MTJ tarixda ilk bor o‘z uyida Eron MTJni mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

CAFA Nations Cup-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing