Mirziyoyev CAFA Nations Cup-2025 taqdirlash marosimida qatnashdi (video)
Sport
−
08 Sentabr 2025 10317 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birgalikda CAFA Nations Cup-2025 taqdirlash marosimida ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi finalda Eronni mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hakam Eron futbolchisi Arya Yusufini Abbosbek Fayzullayevga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatdi. Shundan so‘ng, o‘yin nazorati va ustunligi to‘liq o‘zbekistonliklar tashabbusiga o‘tdi. Bir necha hujumlar uyushtirilganiga qaramay birinchi bo‘limda gol bo‘lmadi.
Ikkinchi bo‘limni ham O‘zbekiston MTJ futbolchilari ustunlik bilan boshladi, biroq taym o‘rtalarida eronliklar ham ketma-ket hujumlar uyushtirishga erishdi. 54-daqiqada darvozabon O‘tkir Yusupov jarohat sabab maydonni tark etdi, uning o‘rniga Vladimir Nazarov o‘yinni davom ettirdi. 89-daqiqada bosh hakam Hojiakbar Alijonovga qizil kartochka ko‘rsatdi, VAR tekshiruvidan so‘ng qaror sariq kartochkaga o‘zgartirildi. Uchrashuv asosiy vaqti shu tariqa yakunlandi. Bahs ekstra-taymlarda davom ettirildi. O‘yinning so‘ngiga 1 daqiqa qolganda – 119-daqiqada Hojiakbar Alijonov gol urib, O‘zbekiston g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa, O‘zbekiston MTJ tarixda ilk bor o‘z uyida Eron MTJni mag‘lub etdi.
Yakunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan futbolchilarga oltin medallar va musobaqa kubogini topshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025