O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi to‘p surdi va 4:0 hisobda g‘alaba qozondi. 

CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin Toshkentdagi ”Olimpiya” stadionida o‘tkazildi. Qirg‘izistonga qarshi o‘yin 4:0 hisobida yakunlandi. Dastlab, 20-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akmal Mozgovoy hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limning 67-daqiqasida Otabek Shukurov penaltidan gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qolaversa, 82-daqiqada Igor Sergeyev, 93-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev gol urdi va shu tariqa o‘yin 4:0 ko‘rinishida yakunlandi. Qayd etish joiz, raqib jamoa bitta qizil kartochka ishlab, maydonda 10 kishi bo‘lib harakat qildi. 

Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etdi. O‘yinlar Toshkent va Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tyapti. 

2 sentyabr kuni O‘zbekiston Turkmaniston milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub qilgan. 30 avgust kuni esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi to‘p surib, 1:1 hisobdagi durang natijani qayd etgan. 

Shu tariqa, O‘zbekiston 7 ochko bilan guruhda yetakchi bo‘lib qoldi va musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi. 

Ma’lumot uchun, final uchrashuvi 8 sentyabr kuni Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin ham Toshkentdagi ”Olimpiya” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston CAFA Nations Cup-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing