Trampning odami Ukrainaga bordi

Olam

image

AQSH Prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg bugun, 14 iyul kuni Kiyevga yetib bordi. Bu haqda Ukraina Prezidenti idorasi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

“AQSH Prezidentining maxsus vakili Kit Kellogni Ukrainada qutlaymiz”, deb yozdi Yermak o‘zining Telegram-kanalida. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir necha mavzular, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik muhokamasi rejalashtirilgan. 

“Suhbat uchun juda ko‘p mavzular bor”, deb ta’kidladi Yermak.

Qayd etish joiz, 11 iyul kuni Kellogg Rimdagi Ukraina OAVlariga 14 iyul kuni Ukrainaga borishi va tashrifi bir hafta davom etishini aytdi. Maxsus elchi oxirgi marta Kiyevga fevral oyida tashrif buyurgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Merilend shtatidagi Endryus qo‘shma bazasida Qo‘shma Shtatlar Patriot havo mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshirishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Kit Kellogg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing