Olmazordagi 4 ta xonadonda yong‘in bo‘ldi
3-sahifa
−
05 iyun 3904 1 daqiqa
Bugun, 5 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 4 ta xonadon yong‘in oqibatida yonib zararlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 06:27 da Olmazor tumanidagi Farobiy 4-tor ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari 5 daqiqada da voqea joyiga yetib borib, 07:12 da yong‘inni qurshab olgan.
Aytilgan manzilda yong‘in sodir bo‘lgan shaxsiy xonadonlarning birida yoqilg‘i moylash mahsuloti saqlanganligi taxmin qilinmoqda.
Yong‘in 07:34 o‘chirilgan. Aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir-biriga tutash bo‘lganligi sababli yong‘in oqibatida 4 ta xonadon yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in oqibatida jarohatlangan fuqarolar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan oshxonada yong‘in yuzaga kelgandi. Soat 18:40 da Yunusobod tumanining Otchopar ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:48 da yetib borib, olovni soat 18:55 da o‘chirgan.