Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Ispaniyada marafon qatnashchisi marraga oz qolganda vafot etdi (video)

Sport

image

Ispaniya poytaxti Madridda o‘tkazilgan Movistar Madrid Medio Maratón yarim marafoni paytida ishtirokchilardan biri yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni musobaqa tashkilotchilari va tibbiy xizmatlarga tayanib, “El País” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli ommaviy yugurish ishqibozi kecha, 6 aprel kuni to‘satdan yuragi to‘xtab, marra chizig‘idan atigi 500 metr narida – Sibeles maydoni yaqinida hushini yo‘qotgan. Voqea joyida bo‘lgan tibbiyot xodimi tomonidan darhol reanimatsiya choralari ko‘rilgan, shundan so‘ng sportchi shifoxonaga yetkazilgan. Afsuski, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan va u qisqa fursat ichida vafot etgan.

Xuddi shu kuni yana bir favqulodda holat sodir bo‘lgan: 20 yoshli ishtirokchi Rekoletos prospektida yurak xurujini boshdan kechirgan. Uning hayoti voqea joyida bo‘lgan shifokor tomoshabin va xavfsizlik xizmati xodimlarining tezkor yordami tufayli saqlab qolingan. Yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.

Ma’lumot uchun, Movistar Madrid Medio Maratón – Ispaniyaning eng yirik yarim marafonlaridan biri bo‘lib, bu yilgi musobaqada taxminan 27 ming kishi qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning Amazonas shtatidagi havaskor futbol jamoasi darvozaboni Edson Lopes Gama penalti paytida ko‘kragiga to‘p urilishi oqibatida halok bo‘lgan edi. Marhumning dafn marosimida uning oilasi futbolchi muxlislik qilgan “Gremio” klubining futbolkalarini kiygan.


Maqola muallifi

Teglar

marafon Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing