2027 yilgi YeCHL finali qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2026/27 yilgi mavsum final o‘yini Ispaniya poytaxti Madridda o‘tkaziladi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hal qiluvchi bahsda “Atletiko Madrid” klubining uy arenasi hisoblanmish “Metropolitano” stadioni mezbonlik qiladi. Stadion o‘z bag‘riga 70 mingdan ortiq muxlisni sig‘dira oladi. Arena 2018 yilda foydalanishga topshirilgan va birinchi marta Yevropa miqyosidagi nufuzli turnir finalini o‘zida qabul qilmoqda.

Qayd etish joiz, joriy mavsum YeCHL finaliga Germaniyaning Myunxen shahridagi “Alyans Arena” stadioni mezbonlik qiladi. 2026 yilgi final esa Vengriya poytaxti Budapeshtdagi “Ferens Pushkash” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Ispaniya Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing