17 yoshli Yamal Millatlar ligasi tarixiga kirdi

Sport

image

Ispaniya va Niderlandiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelgan UEFA Millatlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvida mezbonlar vingeri Lamin Yamal gol urib, turnirning tarixiy rekordini o‘rnatdi.

Lamin turnirda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Uchrashuv vaqtida ispaniyalik futbolchi 17 yoshu 258 kunlik edi. Oldingi rekord Yamalning hamyurti va “Barselona”dagi jamoadoshi Gaviga tegishli edi. U 17 yoshu 304 kunligida musobaqada gol urgan.

Ma’lumot uchun mezbonlar penaltilar seriyasida (3:3, 5:4 pen.) g‘alaba qozonib, turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. So‘nggi turnir finalida ular Xorvatiyani mag‘lub etdi (0:0, 5:4 pen). Turnir yarim finalida “qizil furiya” Fransiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi yarim finalda Portugaliya va Germaniya terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilib oladi. Bahslar iyun oyiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ham Millatlar ligasidagi o‘yini orqali yangi rekord o‘rnatgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing