Flik “Barselona”ning treblga erishish imkoniyatlariga to‘xtaldi
Sport
−
03 aprel
2975“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining joriy mavsum yakuniga qadar uchta chempionlik – Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasini qo‘lga kiritish imkoniyatini baholadi.
“Biz o‘zimiz xohlagan barcha kuboklari yutishga e’tibor qaratishimiz kerak. Biroz dam olib, keyin mashg‘ulotlarni va tiklanishni boshlaymiz. Keyingi raqib – “Betis”. Kelgusi bir necha hafta qiyin bo‘ladi, ammo bizda ajoyib jamoa bor. Klub va muxlislar jamoa bilan faxrlanishlari mumkin”, deydi Flik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” “Atletiko”ga qarshi o‘yinlardagi rekordini yangilagani xabar qilingandi.
“Barselona”ning Ispaniya kubogi doirasida “Atletiko Madrid” ustidan ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qayd etdi. Kataloniyaliklar “matraschilar”ga qarshi o‘yinlar bilan tarixda birinchi marta bunday omadli seriyaga erishdi. Bundan tashqari, ularning madridliklar bilan mag‘lubiyatsiz seriyasi 8 ta o‘yinga yetdi: 6 ta g‘alaba va 2 ta durang.
LiveBarchasi
Samarqand iqlim forumi boshlandi.
04 aprel
Trenddagilar




