Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Yaponiyada tez yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 6 aprel kuni Yaponiyaning tez yordam vertolyoti Susima oroli yaqinidagi dengizdan topildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vertolyot bortida olti kishi, jumladan, bemorlar va shifokorlar bo‘lgan. Ulardan uch nafari halok bo‘lgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi bir kun oldin tushdan keyin dispetcherlar bilan aloqani yo‘qotgan. O‘shanda vertolyot Susima aeroportidan Fukuoka prefekturasidagi shifoxona tomon yo‘l olgan.

Tez yordam chaqirilgan shifoxonaning aniqlik kiritishicha, vertolyot parvoz qilganidan o‘n daqiqa o‘tib, u bilan aloqa uzilgan.

Bildirilishicha, qirg‘oq qo‘riqlash xizmati avariya tafsilotlarini aniqlamoqda. Keyinroq, tergovga Yaponiya Transport xavfsizligi kengashi tergovchilari qo‘shilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Mug‘la viloyatida tez yordam vertolyoti shifoxona binosi ustiga qulab tushgandi. Vertolyot bortida ikki uchuvchi va ikki tibbiyot xodimi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya tez yordam vertolyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing