Yaponiyada o‘zbekistonlik erkak yo‘lovchi ayolga jinsiy tajovuz qilishda gumonlanmoqda
Olam
−
12 mart
4917Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosi yo‘lovchi ayolga hujum qilib, unga tajovuz qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda “Fuji News Network” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 6 mart kuni Nagoya shahrining Naka tumanida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri avtomobil to‘xtash joyida yordam so‘rab baqirayotgan ayolning ovozini eshitib, politsiyani chaqirgan.
Huquq-tartibot idoralari hodisa joyiga yetib borganida 28 yoshli ayol yordam so‘ragani aniqlangan. Shu yerning o‘zida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ishsiz erkak qo‘lga olingan. Unga tajovuz qilish aybi qo‘yilgan.
Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi ayolni ishga ketayotganda hech kim yo‘q joyga olib borib, unga hujum qilgan. Biroq u o‘z aybini rad etib, harakatlari zo‘ravonlik deb baholanmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak deyarli bir oy davomida 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlaganlikda ayblangandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

