Rossiya Tergov qo‘mitasi Prigojinning o‘limini tasdiqladi (video)

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinni Tver viloyatidagi aviahalokatda halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda boshqarma xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, tergov qo‘mitasi Tver viloyatidagi aviahalokatdan so‘ng molekulyar-genetik ekspertizalarni yakunlagan. Barcha halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan.

“Tver viloyatidagi aviahalokatni tergov qilish doirasida molekulyar-genetik ekspertiza yakunlandi. Ularning natijalariga ko‘ra, barcha halok bo‘lgan 10 kishining shaxsi aniqlandi, ular parvoz varaqasida ko‘rsatilgan ro‘yxatga mos keladi”, deyiladi xabarda.

Halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:

  • Yevgeniy Prigojin - “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi;
  • Dmitriy Utkin - “Vagner” komandiri;
  • Sergiy Propustin – Ukrainaning “Tinchlikparvar” saytining ma’lumotlar bazasiga “Vagner” tarkibida jang qilgan razvedkachi sifatida kiritilgan;
  • Yevgeniy Makaryan – “Vagner” jangchisi sifatida ro‘yxatga olingan;
  • Aleksandr Totmin – Sudandagi jangovar harakatlarda qatnashgan;
  • Valeriy Chekalov – “Neva” yopiq aksiyadorlik jamiyati asoschisi;
  • Nikolay Matuseyev

Shuningdek, bortda uch nafar ekipaj a’zosi ham bo‘lgan: komandir Aleksey Levin, uchuvchi Rustam Karimov va styuardessa Kristina Raspopova.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot bortida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning hammuassisi Dmitriy Utkin bo‘lgani, bortdagi barcha 10 yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilgandi. 24 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan va Prigojinni iste’dodli tadbirkor, biroq taqdiri og‘ir inson bo‘lgani va hayotida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini qayd etgandi. G‘arb davlatlari yetakchilari va rasmiylari esa mazkur halokat ortida Putin turganini istisno qilmasligini bildiryapti. Masalan, Yevrokomissiya “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha qilayotgan bo‘lsa, Polsha Bosh vaziri Mateush Moraveskiy endilikda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi ustidan nazorat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinga o‘tishini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tergov qo'mitasi Vagner Evgeniy Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made