Halokatga uchragan samolyot bortida Prigojin bo‘lgani tasdiqlandi
Olam
−
24 avgust 2023
1808223 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan Embraer samolyoti bortida “Vagner” xususiy harbiy kompariyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin va “Vagner” komandiri Dmitriy Utkin bo‘lgan. Buni Rossiya Federal havo transporti agentligi tasdiqladi.
Agentlik bortdagi barcha yo‘lovchilarning ismlarini e’lon qildi.
Samolyotda Sergey Propustin, Yevgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin, Valeriy Chekalov, Nikolay Matyuseyev ham bo‘lgani aytilmoqda.
“Embraer-135 (EMB-135BJ) samolyotining parvozi havo hududidan foydalanishga belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshirildi”, deyiladi havo transporti federal agentligi xabarida.
LiveBarchasi