Poytaxtda “bosh ko‘targan” shamol, “Yil to‘yi”da qatnashgan Prezident, mashmashasi tugamayotgan “Oq-tepa lavash” va boshqa xabarlar tafsiloti

Jamiyat

image

8 iyun kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida siz bilan O‘zbekiston, jahon va boshqa sohalarda yuz bergan kunning eng muhim voqealariga to‘xtalib o‘tamiz.

Jamiyat

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashish yanada rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

IIBB: Toshkentda xonadon ichidan ikki kishining jasadi topildi

Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavzesidagi xonadonlardan biridan 77 yoshli Sh.M.ning jasadi yo‘lakda, M.T.ning jasadi balkondan topildi. Voqea sodir bo‘lgan joyga IIB xodimlari, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari chiqqan. Tekshirish o‘tkazilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Bo‘kadagi qamoqxonada andijonlik mahbus boshqa bir mahbusni urib o‘ldirdi

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli Bo‘ka tumanidagi UYA 64/38-sonli koloniyada qasddan odam o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum M.Q. jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni urib o‘ldirdi.

Toshkentda mudhish YTH: 22 yashar piyoda halok bo‘ldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida kecha, 7 iyun kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi. YTH tufayli piyoda G.I. va avtomobil yo‘lovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok bo‘lgan.

“Oq-tepa lavash”ning barcha savdo nuqtalari yopib qo‘yildi

Toshkentda “Oq-tepa lavash” oshxonalarida tamaddi qilib zaharlanganlar soni uch kun ichida umumiy hisobda 41 kishini tashkil etdi. Ayni vatga kelib Toshkent shahrida joylashgan barcha – 14 ta “Oq-tepa lavash” tarmoq oshxonalari yopib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 7 iyun kuni Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda kuchli shamol: Daraxt harakatlanayotgan Matiz`ni bosib qoldi

Bugun Toshkentda kuchli shamol kuzatildi. Shamolda daraxtlar ag‘darilib, mashinalarni bosib qoldi. Amir Temur maydonini Ohangaron yo‘li bilan bog‘laydigan Mahtumquli ko‘chasida daraxt qulab tushishi natijasida yo‘lning bir tomoni to‘liq yopilib qoldi.

Kuchli shamol samolyotlar qatnoviga ham ta’sir qildi. Moskvadan Toshkentga uchgan samolyot poytaxt aeroportiga qo‘nolmay, Bishkekga yo‘l oldi.

Olam

Video: Prezident rafiqasi bilan “yil to‘yi”da qatnashdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Londonning “Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning to‘yida qatnashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Turkiya Prezidenti turmush o‘rtog‘i Emina Erdo‘g‘an bilan futbolchining nikoh marosimida yosh kelin kuyovga guvohlik qilayotganini ko‘rish mumkin.

NATO Rossiyaning “burni ostida” yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi

NATO Litvada yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Gelezinis Vilkas 2019 (Temir bo‘ri 2019) mashg‘ulotlarida 10 davlatdan 4 ming harbiy va mingdan ortiq harbiy texnika ishga tushirilgan.

Navbatdan tashqari saylov Qozog‘istonga qanchaga tushgani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 9,4 mlrd tengega (23 mln dollar) yaqin mablag‘ sarflandi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi kotibi Sabila Mustafin xalqaro kuzatuvchilar guruhi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Penzada uch avtomobil to‘qnashdi. Yana o‘zbekistonlik jabrlandi

Rossiyaning Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan YTHda uchta avtomobil to‘qnashib ketgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi, jumladan 1980 yil 19 aprelda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Oliozaxon Qahramonjonovna Omirzanova jarohat olgan. 

Sport

Habib Nurmuhamedov UFC`ning eng serdaromad jangchisi bo‘ldimi?

Rossiyalik aralash kurash (MMA) jangchisi Habib Nurmuhamedov Mutlaq janglar chempionati (UFC) rahbariyati bilan yangi muzokaralar qanday o‘tganligini aytib berdi. 30 yoshli sportchi yangi shartnoma tafsilotlarini ochiqlamasligini ta’kidlagan. Biroq Nurmuhamedov UFC bir necha o‘rinda murosaga kelib, yon berganini qayd etdi.

Dunyoning eng qimmat futbolchisi kimligi aytildi

“Business Insider” nashri dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzdi. Ro‘yxatga “PSJ” klubining fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe yetakchilik qildi. “Yuventus”ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu 21 futbolchi kiritilgan reytingda 19-o‘rinni egalladi.

Nadiya Dusanova Osiyo Gran-prisida oltin dubl qayd etdi

Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisi yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbkiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing