Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar himoya orderini qanday olishadi?
Jamiyat
−
14 yanvar 2020
3945Jabrlangan xotin-qizlar tomonidan himoya orderini olish tartibi Hukumatning 4.01.2020 yildagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu orderni olish uchun jabrlanganning murojaati, jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, OAV va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi hamda davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar asos hisoblanadi.
Tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlari to‘g‘risidagi axborotni qabul qilgan profilaktika inspektorlari 24 soat mobaynida kelib tushgan murojaat yoki axborotni o‘rganadi, zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkazadi. Bundan tashqari, murojaatchining turmush tarzi, huquqbuzarlik sodir etilishining kelib chiqishi shart-sharoitlarini o‘rganadi.
Tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari aniqlangan taqdirda - himoya orderini rasmiylashtiriladi va jabrlanuvchining roziligi bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va boshqa zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar xabardor qilinadi.
Order 30 kun muddatgacha beriladi. Ushbu muddatda xavf bartaraf etilmagan bo‘lsa, orderning amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra yana bir oygacha uzaytiriladi.
Ma’lumot o‘rnida: order tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, shuningdek ayolning davolanish, maslahat olish, maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarini qoplash majburiyatini yuklashi mumkin.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi