Zo‘ravonlikdan voz kechish, o‘t ochishni to‘xtatish... Mirziyoyev Afg‘oniston masalasiga to‘xtaldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan, siyosiy irodaga tayangan holda hal etish tarafdori. U bu haqda bugun, 29 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ma’lum qildi. 

Eng muhim ustuvor vazifa – mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat ekanini hisobga olib, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga keng miqyosda qarshi turish uchun mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlarining operativ hamkorlik qilishi bo‘yicha ishchi mexanizmlarni yaratish tarafdori ekanini ta’kidladi.

“Afg‘oniston mintaqamizning uzviy bir qismidir. Ushbu diyorga tinchlik va taraqqiyot yo‘liga qat’iy qadam qo‘yishi uchun yordam berish – barchamizning umumiy manfaatlarimizga to‘liq mos keladi. Muammoni siyosiy yo‘l bilan hal qilish borasidagi asosiy tamoyillarga amal qilish zarur deb hisoblaymiz. Avvalambor, bu – zo‘ravonlikdan voz kechish, o‘t ochishni to‘xtatish, muloqot va murosaga tayyorlikni namoyon etishdan iborat”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, Afg‘onistonda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga faol jalb etishga qaratilgan kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish o‘ta muhimdir.

Prezident bu ustuvor vazifalar Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Yagona qarash hujjatida o‘z aksini topishiga ishonch bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing