Zubayra UFC bilan yangi shartnoma imzoladi

Sport

image

UFC yengil vazn toifasi sobiq chempioni va “Eagle FC” tashkiloti rahbari Habib Nurmuhamedov Instagram sahifasida yarim yengil vazn toifasi jangchisi Zubayra Tuxugov UFC bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Zubayra Tuxugov 2010 yildan buyon professional janglarda ishtirok etib keladi. “Jangchi” UFC, Cage Warriors, ProFC va Fight Night Global turnirlari orqali tanilgan.

Habibning o‘zi esa joriy yilning 29 yanvar kuni Mayamida (AQSH) “Eagle FC” ligasi turnirini o‘tkazadi. Asosiy jang Tayron Spong (Surinam) va Sergey Xaritonov (Rossiya) o‘rtasida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Zubayra Tuxugov (19-5) so‘nggi marta 2021 yil oktyabr kuni o‘tkazilgan UFC 267 turnirida braziliyalik Rikardo Ramos (15-3) ustidan g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Zubayra

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing