Zoyir Mirzayevga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
04 dekabr
6861Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati hokimi qarori bilan Xurshid Abduvahobovich Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Xurshid Qoraboyev 1987 yil Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligida mas’ul rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikka ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan bo‘shatilgan edi.