Zoyir Mirzayev koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusga chalindi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Sodiqovga ko‘ra, Zoyir Mirzayev bir necha kundan beri kasallikka qarshi davolanmoqda.

“Zoyir Mirzayevning koronavirusga chalingani 24 aprel kuni ma’lum bo‘lgan. Ayni paytda viloyat rahbari Toshkent shahrida davolanmoqda”, deydi Ahror Sodiqov.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovlar kasallikka chalinib, davolanib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

489

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing