Zoyir Mirzayev qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning qo‘shiq kuylayotgan tasvirlangan foto va video tarqaldi. Ma’lumotlarga qaraganda, viloyat hokimi Shahrisabzda o‘tkazilgan Yoshlar festivalida maqom kuylagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida joriy yilning 13—15 iyun kunlari “Biz Amir Temur avlodlari,  unga izdosh bo‘lamiz! ” shoiri ostida “Yangi O‘zbekiston yoshlari,  birlashaylik!” nomli yoshlar festivali bo‘lib o‘tgan. Hokimbuva aynan ushbu festival doirasida yoshlar bilan uchrashgan. Yosh maqom ijrochilarining ovozidan ilhomlangan Mirzayev sahnaga chiqib, qo‘shiq kuylagan. 

Mirzayevni avvaldan yaxshi taniganlarga ko‘ra, u bolaligidan san’at, xususan musiqaga befarq emas. Hokimni taniganlar uning rubob va dutor chalishni qoyil qilishini aytadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

146

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing