“Zoopark”da 3 yashar qizini ayiq qafasiga uloqtirgan onaga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Toshkentdagi hayvonot bog‘ida 3 yashar qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan onaga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Prokuratura rasmiysiga ko‘ra, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 yanvar kuni, soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yuborgandi. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Shuningdek, “Yirtqichlar” bo‘limi xodimlari tez harakat qilishgan va ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bola volerdan olib chiqilgan va hayvonot bog‘ining hamshirasi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki ko‘rikda urilishlardan tashqari ko‘zga ko‘rinarli jiddiy shikastlar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

suiqasd

Baholaganlar

1556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing