Zominda o‘rmon yong‘ini ortidan yomg‘ir yog‘a boshladi

3-sahifa

image

Avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumanining tog‘li hududida o‘rmon yong‘inlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Yong‘in “Zomin” sanatoriysiga yaqin hududda boshlangandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yong‘in dastlab o‘t o‘chiruvchilar harakatiga qaramay kengaygan va aholi yashash puntklariga yaqinlashgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay yong‘in boshlangan hududda yomg‘ir yog‘a boshlangan. 

Voqea joyidan tasvirga olingan videolarda kuchli yomg‘ir yog‘ayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inni o‘chirish uchun dastlab 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkibni jalb qilgandi. Keyinroq esa yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliya gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Jizzax

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing