Zomin tog‘larida yana yong‘in chiqdimi? FVV ma’lumot berdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Zomin milliy tabiat bog‘ida daraxtlar yonayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulotda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:37 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga ko‘ra, FVV yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazorat ostida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 agust kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘li hududida yong‘in chiqqandi. Ushbu holatda 80 gektar maydon quruq o‘t va daraxtlar yongan. Yong‘inni bartaraf etishda 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing