Zohid Risqiyev yana bir operatsiyani boshdan kechirdi
Madaniyat-san’at
−
26 avgust 2023
14194"Ummon" guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyev navbatdagi operatsiyani boshdan kechirdi. Bu haqda uning rafiqasi Kamola Ortiqova o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, xonanda 23 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 25 avgust kuni uning ahvoli ancha yaxshilangani sabab nafas olishga yordam beruvchi trubani olib tashlash amaliyoti o‘tkazilgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Zohid bu truba bilan 8 oy yurgan. Operatsiyadan so‘ng xonandaning ahvoli ancha yaxshi ekanligi aytilmoqda. Ammo hozircha unga 5 kun gapirish mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgust kuni sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyevning sodir etgan yo‘l-transport hodisasi, uning oqibatida bir kishi vafot etishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi va unga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Hukmga ko‘ra, xonandaga 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Zohid Risqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 72-moddasini (shartli hukm qilish) qo‘llab va tayinlangan jazoni shartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgilandi.
LiveBarchasi