Ziroat Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqda sahifalari ochildi
Jamiyat
−
30 aprel 4441 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram-kanali ochildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Asadovga ko‘ra, endi Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlari orqali Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Quyidagi linklar orqali ushbu sahifalarga a’zo bo‘lish mumkin: Telegram, Instagram, Facebook.
Live
Barchasi