Ziroat Mirziyoyeva Xivada daraxt ekdi
Jamiyat
−
27 aprel 1665 1 daqiqa
Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Ziroat Mirziyoyeva tashrif doirasida Urganch shahridagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-son maktab-internatdagi o‘quv novvoyxonasiga tashrif buyurgan va tarbiyalanuvchilar bilan suhbat qilib, non yopish jarayonida qatnashgan.
Shuningdek, Birinchi xonim Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalar ijodkorligi va iste’dodlarini rivojlantirish inklyuziv markazi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashgan. Suhbat jarayonida o‘quvchilardan biri Ziroat Mirziyoyevaga o‘zi yasagan taqinchoqni sovg‘a qilgan.
Shu bilan birga, Birinchi xonim ekofaollar bilan birgalikda “Arda Xiva” turizm majmuasida 3 mingdan ortiq daraxt va boshqa o‘simliklar ekish tadbirida ishtirok etgan.
Live
Barchasi