Zimbabveda bezgak epidemiyasi boshlandi
Salomatlik
−
19 aprel 2020
8165Koronavirus pandemiyasi mamlakatga xavf solib tugan bir vaqtda, Zimbabveda bezgak kasalligi keng tarqaldi. Ushbu kasallikdan allaqachon 131 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Zimbabve sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi
“Bezgak kasalligi mamlakat bo‘ylab 135 585 nafar odamda aniqlandi. Ushbu kasallikdan 131 nafar odam vafot etdi. 90 ta kasallik o‘chog‘i nazoratga olindi“, deyiladi vazirlik xabarida
Ta’kidlanishicha, ushbu haftaning o‘zida 18 690 kasallik bilan bog‘liq holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 935 nafari besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ekani aytilmoqda.
Zimbabveda 2003 yildan 2013 yilgacha bezgak bilan kasallanish har 1000 kishiga 155 tadan 22 gacha kamaygan. Ammo, mamlakatda jiddiy iqtisodiy muammolar va sog‘liqni saqlash tizimining yomonlashuvi davom etar ekan, ushbu kasallikning oldi to‘liq olinmasligi aytilmoqda.