Zilzilada qurbon bo‘lgan yana bir namanganlikning jasadi O‘zbekistonga yuborildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiya yuz bergan zilzilada qurbon bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikning shaxsini ochiqladi.

Bosh konsulxonaga ko‘ra, navbatdagi qurbon asli namanganlik 42 yoshli ayol kishi. Joriy yilning 12 fevral kuni marhumaning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan. 

“Marhumani Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va ma’naviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq zilzilada qurbon bo‘lgan 40 yashar namanganlikning jasadi joriy yilning 11 fevral kuni Toshkentga yuborilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing