Zidan va Fransiya terma jamoasi o‘rtasidagi kelishuv shartlari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasini to‘rt yil davomida boshqarishga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar iyul oyida to‘rt yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Zidan murabbiylar shtabi tarkibini ham shakllantirib bo‘lgan. Uning rahbarligida Fransiya terma jamoasi 2028 yilgi Yevropa chempionati va 2030 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Zidan 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan va 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin lavozimini tark etadigan Dide Desham o‘rnini egallaydi. Desham boshchiligida “ko‘klar” 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, shuningdek, 2022 yilgi Jahon chempionati hamda 2016 yilgi Yevropa chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritgan. O‘yinchi sifatida esa Zidan va Desham Fransiyani 1998 yilgi Jahon chempionati va 2000 yilgi Yevropa chempionatida chempionlikka olib chiqqan.

Malumot uchun, 54 yoshli Zinedin Zidan “Real Madrid”ni ikki marta – 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. U klub bilan uch marta UEFA Chempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya chempionati (La Liga), ikki marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta UEFA Superkubogi hamda ikki marta FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing