Zidan o‘zi o‘ynagan eng yaxshi stadion qaysi ekanini aytdi

Sport

image

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Santyago Bernabeu”ni futbolchi sifatida to‘p tepgan faoliyatidagi eng yaxshi stadion deb atadi. Bu haqda u “Madrid Xtra”ga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Eng yaxshi stadion Bernabeu! Men uchun “Santyago Bernabeu” birinchi raqamli o‘yingoh. Eng yaxshi muxlislar, muhit va tarix shu arenada mavjud”, deydi Zidan.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan “Real”ni 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Fransiyalik murabbiy “qaymoqranglilar” bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi.

Zidan futbolchi sifatida “Kann”, “Bordo”, “Yuventus” va “Real”da o‘ynagan. FIFA uni uch marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilgan. Zidan 2006 yilda faoliyatini yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Zinedin Zidan Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing