Zidan nima uchun MYU murabbiyi bo‘lmagani aniq bo‘ldi

Sport

image

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ingliz tili bilan bog‘liq muammolar tufayli “Manchester Yunayted”da murabbiylik qilish taklifini rad etgan. Bu haqda murabbiy  “L'Equipe” nashriga bergan intervyusida aytdi.

OAV “qizil iblislar” boshqaruvidagi Erik ten Xagning o‘rnini bosuvchi potensial nomzodlardan biri sifatida aynan fransiyalik mutaxassisni tilga olmoqda.

“Men ingliz tilini tushunaman, lekin uni to‘liq bilmayman. Ma’lum bir davlat tilini bilmay turib, o‘sha davlat jamoasini boshqarayotgan murabbiylar haqida eshitganman, lekin men turli tamoyillar asosida ishlayman. G‘alabalar juda ko‘p tarkibiy qismlar va global kontekstga ega. Shuning uchun men g‘alaba qozonishim uchun nima kerakligini bilaman”, deydi Zidan.

Ma’lumot uchun, Zidan “Real Madrid” bilan uch karra Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. 52 yoshli mutaxassis 2021 yildan buyon ishsiz.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Zinedin Zidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing