Zidan murabbiylik kursisiga qaytishi mumkin

Sport

image

2021 yilda “Real”ni tark etganidan beri ishsiz yurgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Tuttomercatoweb” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” Zizuning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, biroq Zidanning o‘zi “Yuventus”dan taklif kutmoqda. Zinedin bir paytlar Italiya klubida to‘p tepgan. Shuning uchun ham u Turin klubiga simpatiya bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Zidanning yaqin do‘sti mutaxassis uchun uchta maqbul ish variantini aytib o‘tgan: “Bavariya”, “Yuventus” va Fransiya terma jamoasi. U JCH-2022 dan so‘ng “uch ranglilar” termasini boshqarmoqchi bo‘lgan, ammo mahalliy federatsiya Dide Deshamni bo‘shatmaslikka qaror qilgan.

Yanvar oyida Zidan  Jazoir terma jamoasiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi, biroq 51 yoshli mutaxassisning o‘zi bu taklifni rad etdi. Shuningdek, Braziliya va AQSH terma jamoalari uni taklif qilmoqchi bo‘ldi, ammo Zidan faqat Fransiya terma jamoasida ishlash niyati borligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing