Zidan qaysi jamoani boshqarmoqchiligi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

Fransiyalik murabbiy Zinedin Zidan faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarmasligini hamda uning maqsadi “Yuventus”da murabbiy bo‘lish ekanligini ma’lum qilgan. 

Zizu 1996 yildan to 2001 yilga qadar Turin klubida to‘p surgan, undan so‘ng “Real”ga o‘tgan. 

Bundan tashqari, hozirda fransiyalik mutaxassisga PSJ va Saudiyaning “Al-Nasr” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Zidan murabbiy sifatida bundan oldin 2016-2018 yil va 2019-2021 yillar oralig‘ida “Real Madrid” jamoasini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Zidan A Seriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made