Jurnalistga tahdid qilgan “Yuventus” ustozi iste’foga chiqarildi

Sport

image

Kecha, 17 may kuni Italiyaning “Yuventus” klubi amaldagi ustozi Massimiliano Allegrini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

56 yoshli mutaxassis Italiya kubogi finalidagi xatti-harakatlari tufayli ishdan bo‘shatildi. Rimdagi stadionda bo‘lib o‘tgan finalda “Atalanta” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) Allegri Italiyaning “Tuttosport” gazetasi bosh muharriri Gido Vasiyagoni haqorat qilgan. Final o‘yinining qo‘shib berilgan vaqtida Allegri maydondan chetlatildi. U zahiradagi hakamga baqirdi va qizil kartochka oldi.

Allegri so‘nggi 50 yil ichida turinliklar tomonidan mavsum yakuniga qadar iste’foga chiqarilgan uchinchi murabbiy bo‘ldi. Ilgari bunday holat Klaudio Raneri (2009) va Chiro Ferrara (2010) bilan kuzatilgan.

Allegri “Yuventus”ni 2021 yildan buyon boshqarib kelayotgandi, bu uning Turin klubidan ikkinchi ketishi bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis 2014 yildan 2019 yilgacha “Yuventus”ni boshqargan. Bu davrda Allegri 11 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, besh marta mamlakat chempionligiga ega chiqdi.

Italiya chempionati doirasida “Keksa senora” hisobida ikkita o‘yin mavjud. Turinliklar so‘nggi tur bahslarini “Bolonya” va “Monsa”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made