Jurnalist halok bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi. Yana uch qurbon bor

3-sahifa

image

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, YTH kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Qoraqalpog‘istonda emas, Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani, Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Tacuma rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtomobillari to‘qnashgan.

Oqibatda Tacuma rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal’a tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing