Jurnal muqovasidagi mashhur afg‘on qizi Rimga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
27 noyabr 2021
136131985 yilda “National Geographic” jurnali muqovasida surati chop etilishi ortidan dunyoga mashhur bo‘lgan afg‘onistonlik ayol Sharbat Gula qochqinlarga yordam dasturi doirasida Italiya poytaxti Rimga borgan. Bu haqda Italiya hukumati sayti xabariga asoslanib xabar berilgan.
Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan keyin u mamlakatni tark etishni so‘rab chiqqan. Italiya hukumati afg‘on notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Gulaning Rimga ko‘chib o‘tishini ta’minlagan.
Ma’lumot o‘rnida, mashhur kadrni harbiy fotograf Stiv Makkarri Pokistonlik qochqinlar lagerida qiz 12 yoshga to‘lganida (u qachon tug‘ilgani noma’lum) suratga olgan. Oradan bir yil o‘tib Sharbat turmushga chiqqan. Makkarri uni 2002 yilda afg‘on qishlog‘ida topgan. Hozirda Gula 50 yoshda, uning bir necha farzandi bor.
LiveBarchasi