Juma kuni Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Moskva shahrida ikki mamlakat yetakchilari uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.

O‘z navbatida ushbu ma’lumotni Rossiya tomoni ham tasdiqlagan. Rus OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Kremlda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishini ma’lum qilgan

“Ha. Tashrif rejalashtirilgan. Suhbat Kremlda bo‘ladi”, deydi Peskov 19 noyabr kuni Putin O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashishi kutilmoqdami, degan savolga javoban.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 noyabr kuni rus OAVda O‘zbekiston Prezidentining shu hafta Rossiyaga tashrif buyurishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev saylovda g‘alaba qozongach birinchi bo‘lib Turkiyaga tashrif buyurdi. Joriy yilning 11-12 noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga qilgan safari chog‘ida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 8-sammitida qatnashdi. Joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev 80,12 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing