JSSTning koronavirus bo‘yicha hisoboti tanqidga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Davlat kotibi Mayk Pompeo Twitter'dagi sahifasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining koronavirus kelib chiqishi haqidagi hisobotini tanqid qildi va uning mualliflarini Xitoyning "dezinformatsiya kampaniyasini" qo‘llab-quvvatlashda aybladi.  

"Shuning uchun men AQSHga JSSTdan chiqishni tavsiya qilgandim", deya qo‘shimcha qilgan u. 

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 manbasi Uxan shahridagi Virusologiya institutidir. 

AQSHning sobiq Davlat kotibi JSST raisi Tedros Adhanom Gebreyesus va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida "fitna" bo‘lgani to‘g‘risida hech qanday dalil keltirmagan. 

AQSHning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo avval koronavirusning Xitoydagi hukumat laboratoriyalarida paydo bo‘lganini tasdiqlovchi ma’lumot ham tarqatgan. 

Pompeo Uxan Virusologiya institutining bir necha xodimi 2019 yilning yozida koronavirusga o‘xshash kasallikka chalinganini ta’kidlagandi. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus kelib chiqishini bilish uchun mutaxassislarning Uxanga qilgan safari natijalari to‘g‘risida hisobotni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing