JSST Xitoyni koronavirus faktlarini yashirayotganlikda aybladi
Salomatlik
−
05 yanvar 2023
5575Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoy hukumatidan koronavirusdan shifoxonaga yotqizilganlar va o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezda yetkazishni so‘radi. Bu haqda kecha, 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada JSST ekspertlari va xitoylik ekspertlar o‘rtasida infeksiyani yuqtirish holatlari keskin oshgani muhokama qilingan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Tashkilot o‘z vaqtida XXRdan koronavirusdan shifoxonaga yotqizilganlar va o‘limlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni tezroq va muntazam ravishda uzatishni, shuningdek, viruslar ketma-ketligini faollashtirishni so‘ragan.
“JSST Xitoydagi vaziyatdan xavotirda va shifoxonaga yotqizish, og‘ir kasallik va o‘limdan himoya qilish uchun emlash, jumladan, kuchaytiruvchi dozalarni joriy etish muhimligini ta’kidlaydi”, deydi tashkilot rahbari.
JSST favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayanning fikricha, Xitoy koronavirusdan shifoxonaga yotqizilganlar va o‘lim holatlari haqida to‘liq va aniq ma’lumot bermayapti.
“Biz Xitoy tomonidan e’lon qilingan joriy ma’lumotlar shifoxonaga, reanimatsiya bo‘limlariga yotqizish va xususan, o‘lim bilan bog‘liq vaziyatni to‘liq aks ettirmaydi deb hisoblaymiz”, deydi u.
Xitoy dekabr oyi boshida anti- COVID cheklovlarini yumshatdi, shundan so‘ng mamlakatda koronavirusning keng tarqalishi qayd etildi. Tibbiyot mutaxassislarining fikriga ko‘ra, bu zaiflashgan shtammlardir, shuning uchun kasallik odatda o‘rta shaklda davom etadi va o‘lim ehtimoli juda past. Shu fonda, ayrim davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya va Yaponiya Xitoydan tashrif buyuruvchilar uchun qoidalarni kuchaytirdi.
LiveBarchasi