JSST yadroviy qurol qo‘llanilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yadroviy hodisa xavfini Yaqin Sharqdagi mojaro rivojlanishining ssenariylaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

“BMT xodimlari Eronning yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalar oqibatlarini kuzatib bormoqda va radiatsiya xavfiga qarshi “yuqori shaylik” holatini saqlab turibdi”, deydi JSSTning Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘yicha mintaqaviy direktori Hanan Balxi. 

Tashkilot yadroviy hodisa yuz bergan taqdirda xodimlar uchun yo‘riqnomalarni, jumladan, salomatlik uchun xavflarni baholash va aholini himoya qilish choralari bo‘yicha tavsiyalarni yangilamoqda. 

“Xodimlar yadroviy hodisaga, jumladan, yadroviy ob’ektga hujum qilinishi yoki qurol qo‘llanilishiga tayyor”, deydi Balxi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarar mintaqaga va butun dunyoga ta’sir qilishi mumkin, oqibatlari esa o‘n yillab seziladi. Misol tariqasida u 1986 yildagi Chernobil AES halokati hamda 110 mingdan 210 minggacha odam halok bo‘lgan Xirosima va Nagasakining yadroviy bombardimon qilinishini keltirib o‘tgan.

Nashrning yozishicha, AQSHda yadroviy qurol qo‘llanilish xavflari muhokama qilinmoqda. AQSH Prezidenti Donald Trampning sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchisi Devid Saks “Isroil tomonidan mojaroning kuchayishi va yadroviy qurol qo‘llanilishi mumkinligidan” xavotirda ekanini bildirgan. Trampning o‘zi esa bunday taxminlarni rad etib “Isroil bunday qilmaydi”, deb bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida AQSH va Isroil Eronning Fordo, Isfahon va Natanzdagi yadroviy infratuzilma ob’ektlariga zarbalar bergan edi. Davlatlar joriy harbiy amaliyot doirasida yadroviy ob’ektlarga zarba berishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST yadroviy qurol Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing