JSST vaksina “qadami yetib bormagan” mamlakatlarni ma’lum qildi
Olam
−
11 may 2021
5302Dunyo bo‘ylab 10 ga yaqin mamlakat hali ham koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi partiyasi yetkazib berilishini kutmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilgan.
JSST ushbu mamlakatlarning aksariyati Afrikada joylashganini ta’kidlagan, ushbu mamlakatlarga dunyo bo‘ylab qo‘llaniladigan COVID-19 vaksinalarining atigi 1 foizi to‘g‘ri keladi.
Koronavirusga qarshi vaksinani olish uchun Chad, Burkina-Faso, Burundi, Eritreya va Tanzaniya mamlakatlari oxirgi o‘rinda turgani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, vaksinalarning kechikishi va yetishmasligi tufayli Afrika mamlakatlari COVID-19 ga qarshi immunizatsiya kampaniyalarini o‘tkazishda dunyoning qolgan qismidan orqada qolmoqda.
Ba’zi mamlakatlar esa vaksinalarni saqlash uchun zarur infratuzilmaga ega emasligini ma’lum qilgan.
Avvalroq, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish va o‘lim "plato" (tekislik) bosqichiga yetgani ma’lum qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 159 mln 659 ming 62 kishiga yetgan. 3 mln 319 ming 284 kishi kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi