JSST va UNICEF koronavirusning bolalar uchun xavfli ta’sirini ma’lum qildi
Olam
−
15 iyul 2021
7105Koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab bolalarni muntazam ravishda emlash ishlarini barbod qildi, bu esa kasallik tarqalishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) qo‘shma bayonotida ma’lum qilingan.
“2020 yilda 23 million bola muntazam tibbiy yordam doirasida asosiy oladigan vaksinalarini o‘tkazib yubordi, bu 2009 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich”, deyilgan bayonotda.
Gap qizamiq, poliomiyelit, difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi emlashlar haqida bormoqda. Ta’kidlanishicha, har yili 4 milliondan ortiq bola vaksina orqali butunlay oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan vafot etadi.
“Mamlakatlar COVID-19 ga qarshi vaksinalarga qo‘l urishga intilayotgan bir paytda, biz boshqa emlashlar bo‘yicha orqada qolmoqdamiz, bolalarni bunday halokatli, ammo oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar xavfi ostida qoldirmoqdamiz”, degan JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Unga ko‘ra, ushbu holat kasalliklarning tarqalishiga olib kelishi mumkin, bu esa jamiyat uchun halokatli. JSSTning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil ichida 17 milliongacha bola bitta ham vaksina olmagan, bu “vaksinalarga bo‘lgan ulkan tengsizlikni yanada kuchaytiradi”.
UNICEF’ning ta’kidlashicha, keyinchalik yana millionlab bolalar vaksinalarni o‘tkazib yuborishi mumkin. Mutaxassislarga ko‘ra, “aksariyat mamlakatlarda” dunyo bo‘ylab emlash darajasi pasaymoqda.
LiveBarchasi