JSST: O‘tgan haftada koronavirus bilan kasallanish holati 2 foizga o‘sdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyo bo‘ylab bir hafta ichida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holati o‘tgan haftadagidan ko‘ra ko‘payganini ma’lum qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sish darajasi 2 foizni tashkil etgan, ya’ni 2,7 million yuqtirish holati aniqlangan. Bu o‘tgan haftada kasallik yuqtirganlardan ko‘pdir. 

Shu bilan birga, o‘tgan haftada koronavirusdan vafot etish darajasi 6 foizga kamaygan. 

"Jahon miqyosida mamlakatlarning qariyb yarmida yangi holatlar soni kamaydi, qolgan yarmida esa ularning o‘sishi qayd etildi", deyilgan JSST ma’lumotida. 

Kasallikning ko‘payishi eng ko‘p Afrika, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Yevropada qayd etilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda shu paytgacha 118 mln 159 ming 602 kishi koronavirus yuqtirgan. 2 mln 622 ming 101 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing