JSST taqiqqa uchragan AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha ma’lumot berdi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AstraZeneca shved-ingliz farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning foydasi barcha xavflardan ustun ekanini ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vaksinalar xavfsizligi bo‘yicha maslahat qo‘mitasi shunday xulosaga kelgan. 

"AstraZeneca'ning COVID-19 ga qarshi vaksinasi, shu jumladan Covishield vaksinasi ijobiy profilni saqlab qolishda davom etmoqda", deyilgan bayonotda. 

Shu bilan birga, qo‘mita ushbu koronavirusga qarshi vaksina koronavirus infeksiyasining keyingi tarqalishini oldini olishda va COVID-19 dan o‘lim darajasini pasaytirishda "ulkan salohiyatga" ega ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bir qator Yevropa mamlakatlari bemorlarda qon quyqalari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lganidan keyin AstraZeneca vaksinasi bilan emlanishni to‘xtatgandi. 

Keyinroq, Yevropa dori vositalari agentligi AstraZeneca'ning xavfsizligini tasdiqladi. 

Shundan so‘ng Italiya, Fransiya va Germaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni 19 martdan boshlab qayta yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga ham 660 ming doza COVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelingan. 


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing