JSST rahbari “Uxan evakuatsiya”siga o‘z munosabatini bildirdi
Olam
−
29 yanvar 2020
7581Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Xitoyning Uxan shahridan xorijliklarni evakuatsiya qilishda hech bir ehtiyoj ko‘rmayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda 28 yanvar kuni South China Morning Post gazetasida e’lon qilingan maqolada so‘z boradi. JSST rahbari xitoyda bo‘layotgan voqealarga “juda keskin munosabatda bo‘lish” shart emasligini bildirgan.
Adxanom ayni paytda ishchi tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. U muzokaralar yakunida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Xitoy hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samradorligiga ishonch bildirdi.
Uning bayonoti ba’zi mamlakatlar o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganayotgan bir vaziyatda e’lon qilindi.
Avvalroq, Xitoy Hukumati yangi koronavirus o‘chog‘i Uxan shahridagi chet elliklarni evakuatsiya qilishni o‘ylamayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi